
Teymuraz Gabashvili bosh sovrinni ko‘zlamoqda
Rossiyalik tennischi Teymuraz Gabashvili Germaniyaning Ismaning shahrida o‘tayotgan "Chellendjer" musobaqasining ikkinchi davrasidan o‘tib oldi.
Teymuraz mazkur bosqichda shveytsariyalik Marka-Andrea Xusler bilan kuch sinashdi va 6:4, 4:6, 7:5 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa Gabashvili yarim final yo‘llanmasi uchun slovakiyalik Lukash Latskoga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar