Tezkor! 31 ta sovringa ega mashhur yulduz futboldan ketdi

  • 7 iyul, 2024, 19:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyalik mashhur futbolchi Tyago Alkantara 33 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Tyago “Barselona” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Maydon markazida ishonchli o‘ynagan bu yarim himoyachi Kataloniyadagi bir necha yillik faoliyatidan keyin 2013 yili yozda “Bavariya” taklifini qabul qildi.

Alkantara 2020 yili Angliyaning grand klubi “Liverpul”ga ko‘chib o‘tdi va “qizillar” endi bu futbolchining so‘nggi jamoasi sifatida tarixda qoladi.

Ispaniyalik futbolchi klublar miqyosida jami 487 ta uchrashuvda qatnashib, 48 ta gol va 63 ta assist muallifi bo‘lgan. Ispaniya terma jamoasida 46 marotaba maydonga tushib, ikkita to‘p kiritgan.

Alkantara to‘rt karra Ispaniya, etti karra Germaniya chempioni, Angliya kubogi va Superkubogi sohibi, UEFP Chempionlar ligasi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati kabi katta turnirlar g‘olibi hisoblanadi. Tyago faoliyati davomida jami 31 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!