Tezkor! FIFA "Nasaf"ga transfer taqiqi belgiladi

  • 9 dekabr, 2021, 12:20
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy yilning 7 oktyabr kuni FIFA Nizolarni hal etish palatasi “Nasaf” futbol klubi va frantsiyalik futbolchi Abdelae Diakite o‘rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqargan edi. Unda ko‘rsatilishicha, “Nasaf” futbolchi bilan tuzilgan shartnoma shartlarini bajarmagan.

Shu sababli futbolchi FIFAga murojaat qilgan va yakunda FIFA “Nasaf” futbol klubi zimmasiga belgilangan qarzdorlik va jarima to‘lovlarini 45 kun mobaynida to‘lashi lozim ekani, agar mazkur majburiyatlar klub tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi ta’minlanmasa, klubga nisbatan milliy va xalqaro miqiyosda yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha taqiq qo‘yilishi haqida ogohlantirish bergan.

Bugun FIFA 45 kunlik muddat yakuniga etganini inobatga olib, “Nasaf”ga transfer taqiqi qo‘ydi. Endi klub qishki transfer oynasi vaqtida yangi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olish uchun, mazkur nizoli vaziyatni hal etishi lozim bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
09/12/2021 13:15
Nasaf. uyinchi olmasa ham bemolol uzimizni chempionatka natija kursatadi. faqat shunchaki PFL va sudiya labziga turushi kerak. yilni boshiga reklament buyicha. oddiy misol. Oybekka kubik fenaliga kursatkan qizil kartochkasi buyicha rasmiy malumot bersin. yoki bulmasa yilni boshiga. poliya talabka javob bermasa netral poliyaga uyin utkaziladi deb. yilni ohiga Nasaf pahta dalasiga uynashiga tugri keldi. shu mafzu buyicha beronta. katta PFL tuhtalmadi ham