Husanovni tanqid qilishdi: “O‘ylamay o‘ynayapti!”

  • 06.09.2025 07:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi g‘olibligiga asosiy da’vogarlardan sanalgan “Manchester Siti” chempionatning dastlabki uchta uchrashuvidan ikkitasini boy berdi.

Tecno

Ekspertlarning bu mag‘lubiyatlar himoya chizig‘idagi xato va kamchiliklar oqibati ekanini ta’kidlamoqda. Xosep Gvardiola tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilganiga qaramay, jamoa kurashga hali to‘liq tayyor emasligini ko‘rinib qoldi.  

Angliyalik mashhur futbol mutaxassisi Nil Uornok “shaharliklar”ning uchinchi turda “Brayton”ga qarshi o‘tkazgan o‘yinini tahlil qilib, uch nafar himoyachining harakatlariga e’tiroz bildirdi. Bu mutaxassis nufuzli manba – talkSPORT uchun tayyorlagan tahlilida mag‘lubiyat sabablarini quyidagicha izohladi.

- “Brayton”ga qarshi uchrashuvda Jon Stounz va Abduqodir Husanov boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi. Husanov qo‘pol fol ishlatdi va jarima zarbasi belgilandi. Bundan unumli foydalangan raqib futbolchilari penalti tepish huquqini qo‘lga kiritdi.

Keyinroq Stounz oldinga uzatilgan pasni qaytara olmadi va bu “Brayton”ga g‘alaba to‘pini kiritish imkonini berdi. Ruben Diash esa, hujumni to‘xtatish uchun o‘z vaqtida harakat qilgani yo‘q va himoyalanishga kech qoldi.

Menga bu markaziy himoyachilar o‘ylamay o‘ynayotgandek tuyuldi.

To‘pga egallash va uni  nazorat qilish yaxshi, ammo himoyalanishni ham bilish kerak. G‘alaba goli haqida gapirganda, raqib butun jamoadan qanday tezlikda o‘tib ketganiga e’tibor qaratish kerak. “Manchester Siti”ning markaziy himoyachilar o‘rtasida kommunikatsiya yaxshi darajasida emasdek ko‘rinadi, - dedi Nil Uornok.

Darhaqiqat, aksariyat ekspertlar “Manchester Siti” himoya chizig‘ida muammo borligiga e’tibor qaratmoqda. Ularning fikricha, Ruben Diash, Jon Stounz, Abduqodir Husanov, Yoshko Gvardiol va Natan Ake himoya markazida bemalol o‘ynay oladi.

Jamoaga o‘ng qanot himoyachisi zarurligi bir necha bor ta’kidlandi. Klub bunga e’tibor qaratgani yo‘q. Xosep Gvardiola tarkibni qisqartirish borasida ish olib borayotgani bir paytda klub hozircha boshqa yangi o‘yinchi olmasligi oydinlashadi.  

Shunga qaramay, echimini kutayotga muammolar bor. Ruben Diash anchadan beri formasini tiklolmayapti, Jon Stounz va Natan Akening yoshi o‘tib qolgan va jarohatlarga moyil.

Yosh va baquvvat himoyachilardan Husanov va Gvardiol hozir jarohatini davolatish bilan band, ular Manchester derbisidan oldin lazaretga tushib qolgan. Agar “Manchester Siti”ning bu markaziy himoyachilari “Manchester Yunayted”ga qarshi uchrashuvgacha yuqori sport formasini tiklab olmasa, Xosep Gvardiolaning ahvoli yanada og‘irlashadi...

Angliya Premer-ligasi to‘rtinchi turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” va “Manchester  Yunayted” uchrashuvi 14 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadi.

Vinisius, Husanov bilan birga o‘ynaysan!

Husanovning ustozi APLni “yorvordi”!

Husanovda ayb yo‘q! 

Husanovni oxirigacha o‘ynatmagan Gvardiola alamli mag‘lubiyatdan keyin nima dedi?

Husanov – “Siti”dagi hech kimda yo‘q uch sifatga ega yagona futbolchi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!