
Tezkor! Koutino va yana ikki nafar "Barsa" futbolchisida koronavirus aniqlandi
Ispaniyada so‘nggi kunlarda koronavirus bilan kasallanish holatlari tobora ko‘payib bormoqda. Jumladan, futbolchilardan kasallanganlar safi kun sayin ortmoqda.
Bugun ham "Barselona"ning 3 nafar futbolchisida koronavirus aniqlandi. Filippe Koutino, Serjino Dest va Abde Ezzalzulining Covid-19 uchun topshirgan testi ijobiy chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklarni 2 yanvar kuni La Liga doirasida "Malorka"ga qarshi bahs kutib turibdi.
Fikrlar