
Tezkor! Messi Ekvadorga qarshi o‘yinda maydonga tushadi
Argentina terma jamoasi va "Inter Mayami" klubi futbolchisi Lionel Messi "Kopa Amerika-2024" chorak finali doirasida Ekvadorga qarshi o‘yinda maydonga tushadi.
"TyCSports" xabariga ko‘ra, forvard mazkur o‘yinni o‘tkazib yubormaydigan bo‘ldi.
Argentina terma jamoasi sardori avvalroq guruh bosqichida Chiliga qarshi o‘yinda mushaklari shikastlangan, shundan so‘ng Peru bilan o‘yinda ishtirok etmagandi. Biroq, ta’kidlanganidek, u endi jarohatidan forig‘ bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, "Kopa Amerika-2024" chorak final o‘yinida Argentina Ekvadorga qarshi maydonga tushadi. Bahs bugun Toshkent vaqti bilan 06:00 da start oladi.
Fikrlar