Tezkor! Nodirbek Abdusattorov katta turnirda ishtirok etadi

  • 6 aprel, 13:32
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Xans Nimann Parijdagi ""Freestyle Chess Grand Slam Tour"  bosqichida ishtirok etmaydi.

Tecno

Fisher shaxmati bo‘yicha Grand Slam Tour musobaqasining Parijdagi bosqichida amerikalik grossmeyster Xans Nimann ishtirok etmasligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda turnir boshlanishiga bir necha kun qolganida xabar berildi.

Nimannning turnirdan voz kechishidan oldin frantsiyalik Alireza Firouzja ham musobaqada qatnashmasligini e’lon qilgan edi. Nimann o‘rniga musobaqada yurtdoshimiz Nodirbek Abdusattorov qatnashadi.

Eslatib o‘tamiz, Nimann ushbu bosqichda ishtirok etish uchun turnir tashkilotchilaridan biri — Yan-Xenrik Byuttnerdan shaxsiy taklif olgan edi. Uning nega turnirda qatnashmasligi hozircha noma’lum.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!