Tezkor! O‘zbekiston terma jamoasi safida o‘zgarish

  • 16 yanvar, 23:06
  • Jahongir Inomjonov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida o‘zgarish.

Doniyor Abdumannopov yig‘inga bora olmaydi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.

Futbolchi jarohati tufayli O‘zbekiston milliy terma jamoasining Qatardagi yig‘ini va Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etolmasligi ma’lum bo‘ldi. Murabbiylar shtabi tomonidan uning o‘rniga "Navbahor" klubi futbolchisi Ruslanbek Jiyanov yig‘inga jalb etildi.

Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz yig‘ini 20 yanvarda start oladi. Jamoa 27 yanvar kuni Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
.... ....
17/01/2025 06:03
Alkash trenerri mazasi yaxshikanmi uzi? Shudan gaprila ertaga paqq etib yoq bopqomasin