
Tezkor rasmiy xabar: Mbappe shifoxonaga yotqizildi
“Real”ning eng zo‘r to‘purariga aylangan Kilian Mbappe AQSh mezbonlik qilayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining birinchi turida “Al-Hilol”ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborgan edi.
“Qirollik klubi” rasmiy saytining ma’lum qilishicha, frantsiyalik futbolchi AQShda shifoxonaga yotqizilgan.
- O‘yinchimiz Kilian Mbappe o‘tkir gastroenteritdan aziyat chekmoqda. U qator tekshiruvlardan o‘tish va davolanish uchun shifoxonaga yotqizildi, - deyiladi klub bayonotida.
“Real” yangi formatda o‘tkazilayotgan jahon chempionatining ikkinchi turini Meksikaning “Pachuka” klubiga qarshi o‘tkazadi. Bu bahs 22 iyunga qo‘yilgan. Mbappe bu bellashuvda ham qatnasha olmasligi mumkin.
Fikrlar