Tezkor xabar! Chempionlar ligasi va Evropa ligasi to‘xtatiladi
UEFA Chempionlar ligasi va Evropa ligasining 2019/20 yilgi mavsum bellashuvlarini to‘xtatadi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra Evropa futbol ittifoqi bu borada qarorni qabul qilib bo‘lgan va tez orada rasman e’lon qiladi.
Musobaqalarning to‘xtalishiga sabab koronavirusning qit’ada keng tarqalishi bilan bog‘liq.
Aytish kerakki, hozirgi kungacha sayyoramizning 126 ming nafar inson ushbu virusni yuqtirib olgan. Ularning 4,5 mingdan ortig‘i o‘lim bilan yakunlangan.

Fikrlar