
Tezkor xabar! "Humo" safiga yangi xokkeychi kelib qo‘shildi
Olingan ma’lumotlarga qaraganda, "qanotlilar" safiga yangi xokkeychi kelib qo‘shilgan. Himoyachi ampluasida harakat qiladigan Roman Xisamutdinov jamoa bilan 27 dekabrga qadar mo‘ljallangan sinov shartnomasi imzoladi.
Ma’lumot uchun, 23 yoshli xokkeychi Yaroslavlning "Lokomotiv" jamoasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Professional tarzda esa "Ryazan" jamoasida uch, "Toros"da ikki, Ust-Kamenogorskning "Torpedo" klubida bir mavsum shayba surgan.
VXL - Buyuk ipak yo‘li kubogida 147 bahsda muzga tushib, 6 ta gol kiritgan va 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar