Tezkor xabar! Shota Arveladze "Paxtakor"ni tark etmoqda. Fan klub sardori murabbiy bilan xayrlashdi (Foto)

  • 21 dekabr, 2020, 22:37
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentning "Paxtakor" klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze lavozimini tark etgan ko‘rinadi. Fan klub a’zosi Javohir Shokirov instagramdagi safihasi orqali xabar berdi.

Tecno

U gruziyalik mutaxassisga klubdagi faoliyati va sovrinlar uchun minnatdorlik bildirib, uni sog‘inishlarini yozib qoldirgan. Arveladzening "sherlar" bilan tuzgan shartnomasi shu yilning oxiriga qadar tuzilgandi.

photo_2020-12-21_20-35-02

Shota Arveladze 2017 yilning yozidan beri "Paxtakor"ni boshqarib kelayotgandi. Uning qo‘li ostida poytaxtliklar o‘tgan yili ilk bor yurtimizda treblga ega chiqqan klubga aylandi. Bu mavsum O‘zbekiston kubogi va chempionligiga erishdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!