
Tezkor xabar! Tojikiston terma jamoasi a’zosi yangi mavsumni "Nasaf"da boshlashi mumkin
Yangi mavsum Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etadigan Qarshining “Nasaf” klubini bir qator etakchi futbolchilar tark etishgach, jamoa rahbariyati ushbu bo‘shliqlarni to‘ldirish uchun bir qator ishlarni amalga oshirmoqda.
Jumladan, SPORTS.uz internet-portaliga ma’lum bo‘lishicha, qarshiliklar o‘z safiga Dushanbening “Istiqlol” klubi yarim himoyachisi Jahongir Alievni qo‘shib olishga yaqin turishibdi. Aytish lozimki, 21 yoshli Tojikiston terma jamoasi a’zosi ayni damda “Nasaf” mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.
Voqealar rivojini biz bilan kuzating.
Fikrlar