The Athletic: Regilon "Tottenxem"ga o‘tishga yaqin turibdi
“Real” himoyachisi Serxio Regilon “Tottenxem”ga o‘tishga yaqin turibdi.
The Athletic nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “shporlar” 23 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralarda katta qadam tashlagan. Tomonlar kelishuvga erishishga yaqin turibdi.
Jurnalist Kristof Terroning yozishicha, “Tottenxem” bosh murabbiyi Joze Mourino bir necha hafta oldin Regilonga shaxsan qo‘ng‘iroq qilgan. Ipaniyalik futbolchiga “Manchester Yunayted” ham xaridor bo‘layotgan edi. Ammo “qizil iblislar” kelishuvga erisha olmadi.



Fikrlar