"The Best"ni qo‘lga kiritgan Vinisiusdan Husanovning qasosigacha. O‘tgan haftaning muhim voqealari

  • 26 dekabr, 2024, 19:49
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"The Best"ni qo‘lga kiritgan Vinisius, Husanovdan qasos va 12 ta futbolchi bilan o‘ynagan jamoa. O‘tgan hafta davomida sodir bo‘lgan muhim voqealar haqida.

Tecno

Dastlab, hafta startida Vinisius FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi uchun beriluvchi "The Best" unvonini qo‘lga kiritdi. Undan keyingi o‘rinlarni Rodri va Bellingem band etdi. Shuningdek, yilning eng yaxshi darvozaboni sifatida Emiliano Martines e’tirof etilgan bo‘lsa, Karlo Anchelotti yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Bir kelsa qo‘shaloq, deganlaridek Anchelotti jamoasi keyingi kuni "Qit’alararo kubok-2024" finalida "Pachuka"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Mazkur kubok "qirollik klubi" uchun joriy yildagi beshinchi sovrin bo‘ldi. 

Angliya tomonlarda esa vaziyat deyarli odatdagidek. APLning 17-turi doirasida "Manchester Yunayted" "Bornmut"dan yirik sharmandachilikni qabul qilib oldi. "Liverpul" esa "Tottenxem"ni tennischa hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 3:6. "Manchester Siti"da esa yana mag‘lubiyat. "Shaharliklar" "Aston Villa"ga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

Mazkur turdan so‘ng turnir jadvali quyidagi ko‘rinishga keldi:

La Ligada esa haqiqiy dramatik bahslar bo‘lib o‘tdi.

"Barselona"ga qarshi bahsda Syorlotning so‘nggi daqiqalardagi goli "Atletiko"ni turnir jadvalida peshqadamga aylantirdi. "Sevilya"ni osonlikcha mag‘lub etgan "Real Madrid" esa ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Flikning "Barselona"si esa uchlikni yakunlab berdi.

Mazkur haftaga Abduqodir Husanovning PSJdan olingan qasosi ajoyib yakun yasab berdi. Liga 1 doirasida parijliklarga qarshi maydonni qizil kartochka sababli erta tark etgan himoyachimiz Frantsiya kubogi doirasida Enrike jamoasini nafaqat goli, balki, himoyadagi harakatlari bilan ham lol qoldirdi.

Yuqorida ta’kidlanganidek, yakuniga etgan hafta futbolda kamdan-kam ro‘y beradigan voqea bo‘ldi.

Ya’ni Indoneziya ligasida bir klub o‘yin yakunida 12-futbolchini maydonga tushirdi.

Indoneziyaning "Makassar" jamoasi "Barito Putera" jamoasiga qarshi o‘yinda hiyla ishlatdi. O‘yinning so‘nggi soniyalarida maydonda o‘n ikkinchi futbolchi paydo bo‘ldi. Buni hakamlar payqashmadi. Bu esa 3:2 hisobidagi g‘alabani saqlab qolishga imkon berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!