The Independent: «Siti» evrokuboklardan chetlatilgani uchun APLdagi ochkolari ham "qirqiladi"
APL UEFA «Manchester Siti»ni qaysi qonun-qoidalarga qarab evrokuboklardan chetlatganini o‘rganmoqda. Angliya futboli mutasaddilari ham o‘z yurtlarida moliyaviy feyr pley qoidalari buzilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
The Independent nashrining so‘zlariga ko‘ra, «Siti» agar APLda ishtiroki davomida ham moliyaviy ko‘rsatgichlarni soxtalashtirgani aniq bo‘lsa, uning hisobidan ochkolar olib tashlanishi mumkin.
«Siti» evrokuboklardan chetlatilgani sababli 300 million funt sterling zarar ko‘radi.
Manchesterliklar ta’qiq bo‘yicha Lozannadagi sport ishlari bo‘yicha mas’ul sudga murojaat qilishadi.

Fikrlar