Timofey Tsyu 6 yildan buyon jang qilmagan bokschiga qarshi ringga ko‘tariladi
"The Ring" jurnalining xabar berishicha, WBO sobiq chempioni Timofey Tsyu amerikalik Errol Spensga qarshi jang qiladi.
Ma'lumotlarga koʻra, ularning toʻqnashuvi 25 iyul kuni Avstraliyada boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Spens professional boksda 28 ta gʻalaba (22 tasi muddatdan avval) va 1 ta magʻlubiyat qayd etgan. Errol 2023 yildan beri jang qilmagan. Timofey hisobida esa 27 ta gʻalaba (18 tasi muddatidan oldin) va 3 ta magʻlubiyat mavjud.

Fikrlar