Timur Kapadze: "2 yil ichida ikkala jamoa ham o‘zgardi"

  • 25 aprel, 2024, 14:39
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga O‘zbekiston U23 terma jamoamizda Qatar maydonlarida o‘tayotgan qit’a musobaqasining chorak finalda Saudiya Arabistoni termasiga qarshi maydonga tushadi. Bo‘lajak muhim uchrashuv oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda terma jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze quyilagilarni aytdi:

"Ushbu bosqichga etib kelganimizdan xursandmiz. Ertaga bizni muhim o‘yin kutib turibdi va biz o‘yinga tayyormiz", - deya gap boshladi, Kapadze.

Raqib haqida:

"Albatta raqibimiz o‘ziga yarasha kuchli jamoa. Bu jamoa bilan ko‘p o‘ynaganmiz. Jamoa va uning murabbiyi imkoniyatlari haqida bilamiz. Biroq biz ham o‘z strategiyamiz va rejamiz bo‘yicha harakatlanamiz".

2 yil avvalgi Saudiya Arabistoni haqida:

"2 yil ichida har ikkala jamoa ham o‘zgardi, deb o‘ylayman. O‘z o‘rnida biz ham o‘sishga erisha oldik, tajriba to‘pladik. Ertaga o‘z rejamiz asosida harakatlanib, g‘alaba qozonmoqchimiz".

Legionerlarning moslashuvi haqida:

"Ular tarkibimizga etib kelganidan xursandmiz. Legionerlarimiz bizga qo‘shimcha kuch berishdi. Allaqachon moslashib ulgurishdi. Ular hatto o‘tgan uchrashuvda ham maydonga tushishdi. Ertaga esa, ko‘ramiz, kim tayyor bo‘lsa, o‘sha maydonga tushadi".

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бобомуродова Дилафруз Арибқуловна
26/04/2024 16:38
Олға Ўзбекистон
Абдухаликов Мухаммад
25/04/2024 15:50
Узбекистон га омад арабларга халоллик
. Oxunjon
25/04/2024 14:54
Олға ЎЗБЕКИСТОН қолгани қапейка