Timur Kapadze: Bu musobaqada kuchsiz jamoa yo‘q, hamma bu erga katta maqsad bilan kelgan

  • 17 aprel, 2024, 21:10
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston U23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Malayziya ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi.

Avvalambor barchani bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Birinchi o‘yin har bir jamoa uchun qiyin hisoblanadi. Bugun juda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik. Eng muhimi, jarohatlar yo‘q. Tayyorgarlikda davom etamiz, xatolarimizni ko‘rib chiqamiz. 

Raqib haqida
– Malayziya ham yaxshi o‘yin namoyish etdi, yaxshi himoyalandi. Aytganimdek, bu musobaqada kuchsiz jamoa yo‘q, hamma bu erga katta maqsad bilan kelgan. 

Jamoa ko‘rsatgan o‘yin va imkoniyatlar haqida
– Biz bundan ham yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi. Biroq startlar har doim ham oson kechmaydi. O‘yin davomida xatolar ham qildik, buni hali ko‘rib chiqamiz. Lekin Malayziya ham yaxshi qarshilik ko‘rsatdi. 

Yakuniy ro‘yxat, legionerlar haqida
– Legionerlarimiz bu chempionatda o‘ynashni xohlashdi, bu albatta bizni xursand qiladi. Yakuniy ro‘yxatga 4 ta legioner qo‘shdik. 2 tasi ayni paytda jamoada, yana 2 tasi biroz keyinroq etib keladi. Tarkibdan joy olmagan futbolchilarga ham rahmat aytmoqchiman. Ular jamoa uchun borini berishdi, tayyorgarligimizda ham muhim o‘rin tutishdi. 

Quvaytga qarshi rotatsiya haqida
– Buni ko‘rib chiqamiz, turnir taqvimi juda tig‘iz. Biz hamma futbolchilarimizga ishonamiz,  imkoniyat albatta beriladi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
17/04/2024 21:52
Уйин нолга тенг.шунча йигинда булар нима килишди.оркага уйин,ноаник паслар,узим булай дейиш,рахмоналиевга нима бор таркибда сикворди оркага оширавериб,хаммасини тезлиги нол.эсизгина йигинга соврулган халк пуллари.Копадзе кузингни оч шу уйин булса Вьетнам сухойга 3 та солади жавоб.илойим сузларимдан уялтиринглар.55 йилдан бери футбол билан яшайман. Ешим 67 да.
Begmatov Avaz
17/04/2024 21:18
Тупни кизгонманглар,вактида пас берилганда голларга бой уйин буларди.