Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi o‘yin oldidan: "Bu bosqichga bugun kelib qolmadik..."

  • 28 aprel, 2024, 20:57
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga O‘zbekiston U-23 terma jamoamiz Qatar maydonlarida o‘tayotgan qit’a musobaqasining yarim finalida Indoneziya termasiga qarshi maydonga tushadi. Bo‘lajak muhim uchrashuv oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda terma jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze quyilagilarni aytdi:

"Assalomu alaykum, hammaga. Bu erga etib kelganimizdan xursandmiz. Xudoga shukr, barchamiz sog‘-omonmiz. Eng muhimi, biz ertangi bahsga tayyormiz. 

Albatta, bu turnirda har bir uchrashuv qiyin va murakkab bo‘ldi. Shunga qaramay, biz kerakli natijani qo‘lga kiritdik, Xudoga shukr. Ertangi bahs ham oson bo‘lmasligi aniq. Ammo biz bellashuvga tayyormiz va umid qilamanki, ijobiy natijani qo‘lga kirita olamiz. 

Janubiy Koreya bosh murabbiylarini ham, terma jamoalarini ham yaxshi bilaman. U erda o‘zim to‘p tepganman va o‘yin uslubi, mentaliteti haqida ozmi-ko‘pmi ma’lumotga egaman. 

Biz oldingi uchrashuvlarda Indoneziya muxlislarining ko‘p bo‘lishiga guvoh bo‘ldik. Ammo bundan qo‘rqmayapmiz, bizning ham muxlislar shu erda. Qolaversa, ekran qarshisida ham xalqimiz duo qilib turishibdi. Bizda raqib muxlislarining ko‘pligiga qarshi yaxshi tajriba mavjud. Osiyo o‘yinlarida ham ko‘plab indoneziyalik tomoshabinlar bosimiga munosib javob bera olganmiz. 

Hammamizga omad yor bo‘lsin, deb qolaman. Har bir avlodning eng yaxshilari bo‘lgan. Muhim pallada bizning avlodga nimadir etishmagan bo‘lishi mumkin. Biroq yoshlarda o‘z kamchiliklarimizdan to‘g‘ri xulosa chiqarishga harakat qilyapmiz. Bu bosqichga bugun kelib qolmadik, yillar davomida tayyorgarlik ko‘rdik. Tizim yo‘lida, Vatanimiz uchun har narsaga tayyormiz!", - dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Искандар Нарзикулов
29/04/2024 11:14
Ватан учун уйнанглар насиб булса бугун йуланмани кулга критамиз олга йигитлар
Абдухаликов Мухаммад
29/04/2024 08:37
Узбекистонимизга оллох омад берсин
&
Abror1987
28/04/2024 22:45
Xudo xohlasa olimpiadada qatnashamiz
Н...Ш...Р...n... Махмудов Равшан
28/04/2024 22:40
ИНША АЛЛАХ биз бу тусикдан хам биргаликда бирдамлик билан утамиз биз мухлислар кулаб кувватлаб турамиз ютамиз ИНША АЛЛАХ