Timur Kapadze O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi!

  • 4 dekabr, 2019, 19:45
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kelasi yili yurtimizda yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkaziladi. Ushbu nufuzli turnirning mezboni sifatida qatnashadigan O‘zbekiston U-19 terma jamoasining oldiga esa yuksak vazifalar qo‘yilmoqda.

Tecno

Ma’lumki, bungacha ushbu terma jamoaga bosh murabbiylik qilib kelgan Otabek G‘ulomxo‘jaev va uning murabbiylar shtabi yaqinda o‘z vazifasidan ozod etilgandi. O‘FA rahbariyati esa O‘zbekiston U-19 terma jamoasiga Timur Kapadzeni bosh murabbiy etib tayinladi. Bilsangiz, u O‘zbekiston milliy terma jamoasida Vadim Abramovga ham yordam berib kelayotgandi. Endi esa u yoshlar terma jamoasida ham jiddiy ishga kirishdi. Qolaversa, Kapadzening o‘zi ham yoshlar terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lganini tasdiqladi. Yangi lavozimda Kapadzega muvaffaqiyat tilaymiz.

P.S. Yaqin vaqtlar ichida Kapadze bilan uyushtirilgan suhbatni o‘qishingiz mumkin. Sports.uzdan uzoqlashmang.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!