
Titening iste’foga chiqarilishi haqida tarqalgan xabarlar yolg‘on bo‘lib chiqdi
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite Amerika kubogi finalida qanday natija qayd etilishidan qat’iy nazar o‘z lavozimida qoladi.
Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq bir qator OAVda 58 yoshli mutaxassis iste’foga chiqarilishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, mamlakat futbol federatsiyasi ushbu ma’lumotlarni inkor etdi. Tashkilotning bergan rasmiy xabarida Tite shartnomasi yakuniga qadar, ya’ni 2022 yilga qadar terma jamoada ishlashda davom etishi aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya o‘zi mezbonlik qilayotgan Amerika kubogida Argentinani engib, finalga chiqdi. Ular endi 7 iyul kuni Peruga qarshi hal qiluvchi bellashuvda maydonga tushishadi.
Fikrlar