To‘qqizta golli o‘yinda "Chelsi" sharmanda bo‘lishiga oz qoldi

  • 10.09.2026 07:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Chelsi» Angliya liga kubogi 3-raundida «Lids»ga qarshi o‘yinda 0:2 hisobidan qaytib, 12 daqiqa ichida to‘rtta gol urdi va uchrashuvni 6:3 hisobida o‘z foydasiga yakunladi.

Ikkinchi bo‘lim boshlangan, «sinlar»ning o‘yini keskin o‘zgaridi. 53-daqiqada Koul Palmer penalti­ni aniq amalga oshirib, hisobni qisqartirdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, 55-daqiqada u Morgan Rodjersning uzatmasidan keyin yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va dublikka erishdi. 60-daqiqada esa Pedru Netu Rodjersning navbatdagi aniq pasidan so‘ng «Chelsi»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Qiziqishi shundaki, ushbu uch futbolchining barchasi tanaffusdan so‘ng zahiradan maydonga tushirilgan edi.

Jamoaning hujumdagi bosimi shundan keyin ham to‘xtamadi. 65-daqiqada DEnni Uelbek «Chelsi»ning to‘rtinchi golini urdi. Unga golli pasni yana Rodjers berdi va shu bilan u uchinchi marta assistent sifatida qayd etildi.

80-daqiqada Valentin Barko hisobni yanada yiriklashtirdi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda, aniqrog‘i 94-daqiqada esa Barko Uelbekka golli pas berib, uning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!