
Tojikiston Saudiya Arabistoniga imkoniyatni boy berdi
Jahon chempionati saralash bosqichi 3-tur bahslari tugadi. So‘nggi uchrashuvlardan biri Saudiya Arabistoni va Tojikiston o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
O‘yinda mezbonlar minimal 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona gol 23-daqiqada Al-Dovsari tomonidan kiritildi.
9 ochko to‘plagan Saudiya Arabistoni guruhda birinchi, Tojikiston esa 4 ochko bilan ikkinchi pog‘onani band qildi.
Saudiya Arabistoni 1:0 Tojikiston
Fikrlar