Tojikiston terma jamoasi bilan tarix yozgan murabbiy Petr Segrt lavozimini tark etdi

  • 16 fevral, 2024, 16:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tojikiston terma jamoasi ustozi Petr Segrt shartnoma muddati tugashi sabab lavozimini tark etdi. 

Tecno

Uning boshchiligida Tojikiston 2023 yilda Dohada bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etib, chorak finalga qadar etib bordi.

"Tojikiston futbol federatsiyasi Petr Segrtga ikki yillik birgalikdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiradi va unga kelgusidagi murabbiylik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi”, - deya ta’kidladi Tojikiston futbol federatsiyasi.

Xorvatiyalik mutaxassis bilan Tojikiston terma jamoasi bilan 24 uchrashuv o‘tkazib, ularning 11 tasida g‘alaba qozondi, 7 bahsda durang o‘ynadi va 6 o‘yinda mag‘lub bo‘ldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!