Tojikiston terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

  • 21 fevral, 2024, 19:27
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda Tojikiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketgan Petr Segrtning o‘rni bo‘shab qolgandi. Bugun esa milliy terma jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlandi.

Tecno

Bunga qadar Segrtga yordamchi murabbiy sifatida ishlab kelgan gruziyalik Gela Shekiladze rasman Tojikiston bosh murabbiyi etib tayinlandi. Unga endilikda gruziyalik Tamaz Bokeriya yaqindan yordam beradi.

Shekiladze

Shuningdek, Alisher To‘ychiev darvozabonlar murabbiyi, Alifbek Beromov esa tahlilchi murabbiy sifatida Shekiladzening shtabidan joy oldi.

Tojikistonning yangi bosh murabbiyi o‘z vaqtida Gruziyaning U15, U16, U19 hamda U21 terma jamoalarida ishlagan. Petr Segrtga esa Afg‘oniston, Maldiv va Tojikiston termalarida yordamchilik ham qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!