
Tojikiston U-23 bosh murabbiyi: "Saudiyaliklarni yirik g‘alaba bilan tabriklayman!"
Saudiya Arabistoni U-23 hamda Tojikiston U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda saudiyaliklar yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Tojikiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Asliddin Xabibulloev bellashuvdan keyin qisqacha o‘z fikrlarini gapirib o‘tdi.
"Qiyin o‘yin bo‘ldi. Saudiya Arabistoni jamoasini yirik g‘alaba bilan tabriklayman!
Saudiyaliklar kuchli raqib ekanini bilardik. Biroq ularni to‘xtatib qolish yo‘lini topa olmadik.
O‘sha paytda bizning darajamiz bilinib qoldi. Shu o‘rinda, men jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan tojikistonlik muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ulardan uzr so‘rayman!
Ikkinchi bo‘limda o‘yinni o‘zgartirish uchun taktik ish olib bordik. Ammo bu samara keltirmadi", - dedi mutaxassis.
Fikrlar