
Tojikistonlik Muin G‘ofurov Said Nurmagomedovga qarshi jang qiladi
Tojikistonlik UFC jangchisi Muin G‘ofurov (18-5) "UFC 294" turnirida Said Nurmagomedovga (17-3) qarshi jang kiladigan bo‘ldi. Xabaringiz bor, G‘ofurov jahonning eng nufuzli promousheni bilan shartnoma imzolaganidan so‘ng, bitta jang o‘tkazdi va unda Jon Kastanedaga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Said Nurmagomedov esa UFCda 8 ta jang o‘tkazishga ulgurdi va ularning 6 tasida g‘alaba qozongan. U so‘ngi jangini "UFC Fight Night 222" turnirida JAQSh vakili Jonatan Martinesga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobida mag‘lub bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, "UFC 294" turniri 22 oktyabr kuni Abu-Dabida tashkil etiladi va uning markaziy jangida engil vazn (70,3 kg) toifasi chempioni Islom Maxachev, braziliyalik 1-raqamli da’vogar va sobiq chempion Charlz Oliveyraga qarshi revansh jangini o‘tkazadi.
Fikrlar