
Tokio-2020. Abdurahmonov taqdim etgan medaldan keyin O‘zbekiston reytingda nechanchi pog‘onada bormoqda? (foto)
Tokio Olimpiadasining 14-kunida O‘zbekiston delegatsiyasi yana bir medal bilan boyidi. Hozirgacha, 2 oltin va 1 bronzani qo‘lga kiritgan sportchilarimiz O‘zbekiston safiga erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov yana bir bronza medalini qo‘shib qo‘ydi. Hozirda delegatsiyamiz medallar jamg‘arish bo‘yicha reytingda 35-o‘rinni egallab turibdi.
Biroq Bahodir Jalolov kumush medalini kafolatlaganini hisobga olsak, onlayn jadvalda eng kamida 32-o‘rindamiz. Jalolov finalda oltin medalni qo‘lga kiritsa, 25-o‘ringa qadar ko‘tarilib olishimiz mumkin. Quyida 1-20-pog‘onalar bilan tanishing:
Fikrlar