Tokio-2020 o‘yinlarida ishtirok etgan eng yosh sportchilarimizdan biri olimpiada rekordini yangilamoqchi

CHERY AUTO

Og‘ir atletika bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan vakilamiz Kumushxon Fayzullaeva -76 kg vazn toifasida dast ko‘tarishda 101 kg, siltab ko‘tarishda 126 kg, umumiy hisobda esa 227 kg natija qayd etdi. Hamyurtimiz bu bilan Olimpiadani oltinchi pog‘onada yakunladi. 

Tecno

Iste’dodli sportchimiz Turizm va sport vazirligi matbuot xizmatiga bergan intervyusida kelajakda o‘z natijalarini yaxshilashga va’da berdi.

"Maqsadim, Olimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lib, O‘zbekiston bayrog‘ini yuqoriga ko‘tarish va madhiyasini yangratish. Ushbu maqsadimdan aslo qaytmayman. Ko‘pchilik qiz bola ekanligim, turmushga chiqib, oila qurishim kerakligini aytishadi. Hali yoshman va bunga nasib qilsa erishaman. Tokio-2020 men uchun juda katta maktabi bo‘ldi. Endi 2024 yili Parijda bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlarida ham qatnashib, ona Vatanim bayrog‘ini yuqoriga ko‘tarish uchun astoydil harakat qilaman. Asosiy maqsadim, olimpiada rekordini yangilab, O‘zbekiston nomini tarixga muhrlash. Agar Parijda chempion bo‘lsamu, lekin rekordni yangilay olmasam, maqsadimni keyingi Olimpiadada albatta amalga oshirishga harakat qilaman" - dedi Kumushxon.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!