Tom Aspinal: "Jon Jonsning zaif jihatini payqab qoldim"

  • 18 noyabr, 2024, 15:41
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Og‘ir vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempioni Tom Aspinall Jon Jonsning zaif jihatini Stipe Miochich bilan chempionlik jangida payqaganini aytdi.

Tecno

“Jon Jons - chinakam MMA ustasi, u nima qilishini hech qachon bilmaysiz. Jonni mag‘lub etish o‘tkir ko‘zlar va tezkor reflekslarni talab qiladi. 42 yoshli Stipe Miochich esa ayni paytda bunga ega emasdi. Jonsning o‘yinida men ko‘rgan zaif tomonlarim bormi? Albatta, bu tezlik, faqat tezlik.  Uning men bilan bahsda g‘alaba qozonish imkoniyati yo‘q", - deya Aspinalning so‘zlarini keltirdi "Bloody Elbow".

Eslatib o‘tamiz, "UFC 309" turnirida Jon Jons hamyurti Stipe Miochichga qarshi oktagonga ko‘tarilib, 3-raundda nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!