Tonali "Tottenxem" tarixidagi eng qimmat transferga aylanmoqda

  • 01.07.2026 23:56
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyalik yarim himoyachi Sandro Tonali "Nyukasl"dan "Tottenxem"ga o‘tish arafasida turibdi.

Manbalarga ko‘ra, klublar 26 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha 92,5 million funt sterling evaziga kelishuvga erishgan. Shuningdek, bitimda yana 7,5 million funt miqdoridagi bonuslar ham ko‘zda tutilgan. Bu mablag‘lar "Tottenxem"ning bir necha bor Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishiga bog‘liq bo‘ladi.

Tonalining transferi amalga oshsa, u "Tottenxem" tarixidagi eng qimmat xaridga aylanadi. Bu boradagi avvalgi rekord 2024 yilda "Bornmut"dan 65 million funt evaziga kelgan Dominik Solankega tegishli edi. Shu bilan birga, londonliklar "Vest Xem" yarim himoyachisi Mateush Fernandeshni ham 85 million funtga o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi.

Tonali o‘tgan mavsum Angliya Premier-ligasida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!