
Toni "Fyuri – Usik" revansh jangi uchun prognoz berdi
Mashhur amerikalik super og‘ir vazn toifasidagi bokschi Jeyms Tonining fikricha, Tayson Fyuri(34-1-1, 24 KO) Aleksandr Usik(22-0, 14 KO) bilan revansh jangida erta g‘alaba qozonishi mumkin.
"Revanshda Fyuri g‘alaba qozonadi. Bu safar u Usikka jiddiy qarshilik ko‘rsatadi va uni nokautga uchratadi. Tayson birinchi marta raqibini past baholadi va yutqazdi. U hech qachon bu yigitga yutqazmasdi", - deydi Toni Pro Boxing Fans bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, 18 may kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Usik ochkolar evaziga Fyurini mag‘lub etdi va super og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylandi. Revansh jangining taxminiy sanasi 21 dekabrga belgilangan.
Fikrlar