
Toni Kroos bugun "Borussiya"ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi
Xabaringiz bor bugun UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turidan o‘rin olgan bir qator bahslar bo‘lib o‘tadi. Hususan Madridning "Real" klubi shu kuni o‘z maydonida Dortmundning "Borussiya"sini qabul qiladi.
Aytish kerakki, "qirollik klubi2 ustozi Zinedin Zidan ushbu o‘yin qaydnomasiga jamoa etakchilaridan biri hisoblangan Toni Kroosni kiritmadi. Biroq, bugun jarohatidan sog‘ayib safga qaytgan Marko Asensio "Real"ga yordam berishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, "Real" hamda "Borussiya" jamoalari o‘rtasidagi bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:45da start oladi.
Fikrlar