TOP-10. Premer-ligada eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilarni bilasizmi?

  • 17 may, 2023, 22:00
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbolchilarning qancha pul topishi barchaga qiziq. Ayniqsa, dunyoning eng yaxshi ligalaridan biri hisoblangan Premer-ligada o‘z faoliyatini yuritayotgan o‘yinchilarning maoshi ko‘plab insonlarning e’tiborini tortgan bo‘lsa, ajab emas. Demak, bugungi TOP-10taligimiz APLning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari haqida bo‘ladi. (Maosh haftasiga hisoblangan)

Tecno

10-o‘rin. Kalidu Kulibilali ("Chelsi")

O‘ntaligimizni "Chelsi" himoyachisi Kalidu Kulibali ochib beradi. Senegallik futbolchi klubga mavsum boshida kelib qo‘shildi. Uning transferi "aristokratlar"ga 38 million evroga tushgan. Kulibali APLda shu paytgacha 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golda ishtirok etishga ham ulgurdi. 33 yoshli himoyachi haftasiga 295 ming funt sterling ishlab topadi. Shu bilan birgalikda, u "Chelsi"ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari ro‘yxatida 2-o‘rinda turadi.  Kalidu londonliklar bilan 2026 yilgacha amal qiladigan shartnomaga qo‘l qo‘ygan.

Kalidou Koulibaly poses for a portrait as is unveiled as a Chelsea player on July 15, 2022 in Las Vegas, Nevada. (Photo by Chelsea FC via Getty...

9-o‘rin. Jek Grilish ("Manchester Siti")

2021 yilda "Manchester Siti" Lionel Messiga qiziqish bildiradi va uning transferini amalga oshira olishiga ko‘zi etmay, muqobil variant sifatida 117 million evro sarflab "Aston Villa"dan Jek Grilish transferini amalga oshirgandi. Mazkur xarid ommaga e’lon qilinishi bilan Messining "Barsa" bilan shartnomani uzaytira olmasligi ma’lum bo‘lgan. Ilk mavsumida biroz yomonroq taassurot qoldirgan 27 yoshli vinger keyinchalik jamoaga ko‘nikib oldi va mazkur mavsumda "Manchester Siti"ning 47 ta o‘yinida maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 11 ta assist amalga oshirdi. Grilishning maoshi 300 ming funt sterling.

Manchester City unveil new signing Jack Grealish at Manchester City Football Academy on August 05, 2021 in Manchester, England.

8-o‘rin. Rahim Sterling ("Chelsi")

Keyingi o‘rindan "Manchester Siti"ni tark etib "Chelsi"ga yo‘l olgan Rahim Sterling joy oldi. 28 yoshli inglizning "aristokratlar" bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. Uning maoshi esa 325 ming funt sterling qilib belgilangan. Sterlingning transferi "Chelsi" uchun omadsiz bo‘lgani yo‘q. Vinger 3 ta murabbiy qo‘l ostida 36 ta uchrashuv o‘tkazib, 9 bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi va 4 ta assist amalga oshirdi. Ushbu natija Rahimni jamoaning eng sermaxsul futbolchisi ekanini anglatadi.

New signing Raheem Sterling of Chelsea is photographed around Beverley Hills on July 13, 2022 in Los Angeles, California.

7-o‘rin. Rafael Varan ("Manchester Yunayted")

2021 yilda 40 million evro evaziga "Manchester Yunayted"ga kelib qo‘shilgan Rafael Varan 7-o‘rinda turibdi. U haftasiga 340 ming funt sterling oladi. Frantsuzning amaldagi shartnomasi 2025 yilda o‘z nihoyasiga etadi. Varan jamoaning eng ko‘p maosh oladigan futbolchilari orasida 4-o‘rinda turibdi. 

Raphael Varane of Manchester United poses after signing for the club at Carrington Training Ground on August 16, 2021 in Manchester, England.

6-o‘rin. Muhammad Saloh ("Liverpul") 

"Liverpul"ning asosiy hujumchilaridan biri hisoblangan Muhammad Saloh ham maoshi baland o‘yinchilar orasida mavjud. Misrlik yulduz jamoasi bilan 2022 yilda 2025 yilgacha amal qilishi ko‘zda tutilgan yangi shartnoma bo‘yicha kelishib oldi. Unga ko‘ra, Saloh haftasiga 350 ming funt sterling olishi kerak. "Liverpul"ga 40 million evroga tushgan 30 yoshli hujumchi ushbu mavsum "qizillar" tarkibida 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 44 ta golda qatnashdi. 

Mohamed Salah of Liverpool signs a contract extension while on holiday on June 19, 2022 in Mykonos, Greece.

5-o‘rin. Kazemiro ("Manchester Yunayted")

5-o‘rindan "Manchester Yunayted"ga mavsum boshida o‘tgan Kazemiro joy olgan. "Qizil iblislar"ning tayanch yarimhimoyasini mustahkam qo‘riqlab kelayotgan Kazemironing transferiga 70 million evro sarflangandi. Uning MYu bilan mehnat shartnomasi 2026 yichgacha amal qiladi. Braziliyalik yarim himoyachining maoshi esa 350 ming funt sterling qilib belgilangan. 

Casemiro of Manchester United poses after signing for the club at Carrington Training Ground on August 25, 2022 in Manchester, England.

4-o‘rin. Jeydon Sancho ("Manchester Yunayted")

Yo‘q, bizda hech qanday xatolik ketmadi. Rostan ham Sancho 4-o‘rinda turibdi. Uning maoshi ham Saloh va Kazemiro kabi 350 ming funt sterlingni tashkil qiladi. 2021 yilda MYuga 85 million evroga tushgan vinger ushbu mavsu jamoa tarkibida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta golda ishtirok etdi. Jeydonning amaldagi shartnomasi esa 2026 yilgacha tuzilgan.

New signing Jadon Sancho of Manchester United is unveiled at Carrington Training Ground on July 23, 2021 in Manchester, England.

3-o‘rin. Erling Xoland ("Manchester Siti")

"Manchester Siti"ga kelganidan beri nafaqat gol urishdan, balki rekordlarni yangilashdan charchamayotgan Xoland kuchli uchlikka kira oldi. U dastabki mavsumining o‘zidayoq "Siti" tarkibida 48 ta uchrashuv o‘tkazib, 52 marta raqib darvozabonlarini ranjitdi. 22 yoshli "killer"ning maoshi 375 ming funt. Ammo Angliyaning bir qancha nashrlari xabar berishicha, Xoland "Manchester Siti" bilan yangi bitim borasida muzokaralar o‘tkazadi. Yangi shartnomaga ko‘ra, hujumchi xaftasiga 500 ming funt sterling maosh oladi. Bu Premer-liga rekordi bo‘ladi. 

In this photo released on June 13, 2022 Manchester City unveil new signing Erling Haaland at Manchester City Football Academy in Manchester, England.

2-o‘rin. David De Xea ("Manchester Yunayted")

"Manchester Yunayted"dagi kam sonli Fergyuson tarbiyalanuvchilaridan hisoblangan De Xea reytingda 2-o‘rinda turibdi. U so‘nggi bor 2019 yilda shartnomasini yangilagandi. Unga ko‘ra, ispaniyalik darvozabon 375 ming funt sterling maosh oladi. De Xea yozda erkin agentga aylanishi mumkin. Hozircha yangi bitim borasida hech qandan yangiliklar yo‘q.

David de Gea of Manchester United poses after signing a new contract with the club at Aon Training Complex on September 16, 2019 in Manchester,...

1-o‘rin. Kevin De Bryuyne ("Manchester Siti")

Gvardiola "Manchester Siti"ga kelishi bilanoq rahbariyatdan Bundesligada o‘yinlarini ko‘rib, yoqtirib qolgan De Bryuyneni sotib olishni so‘ragandi. Belgiyalikning transferi ikki tomon uchun ham omadli bo‘ldi. Kevin keyingi yillarda har tomonlama o‘zini ko‘rsatib, jamoaning eng muhim futbolchilaridan biriga aylandi. De Bryuynening haftalik maoshi 400 ming funt sterling bo‘lib turibdi. Yarim himoyachi 2021 yilda 2025 yilgacha amal qilishi ko‘zda tutilgan shartnomaga qo‘l qo‘ygan.  

Kevin de Bruyne of Manchester City signs a new contract extension at the club at Manchester City Football Academy on April 07, 2021 in Manchester,...

Ushbu ro‘yxat tez orada o‘zgarishi mumkin. Sababi, Reshford "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini yangilamoqchi, yuqorida keltirganimiz Xolandning ham maoshi oshiriladi. Bundan tashqari, yozda amalga oshiriladigan transferlar orqali ba’zi ma’lumotlar o‘zgarishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!