Top-5 chempionatlari xalqaro tanaffus oldidan turnir jadvali qanday ko‘rinishda?
Evropaning kuchli beshta chempionatining turnir jadvallari bilan tanishing.
Angliya Premer-ligasida "Liverpul" 3-turda asosiy taqibchisi "Arsenal"ni mag‘lub etib, o‘z o‘rnini mustahkamlab oldi.
La Ligada "Real" to‘plar nisbati hisobiga "Atletik Bilbao"dan oldinda. "Barselona" "Rayo Valekano"ga qarshi bahsda ochko yo‘qotgani sabab 4-o‘rinda.
Italiyada kutilganidek, "Napoli", "Yuventus" va "Roma" klublari skuduetta uchun kurashga kirishib ketishdi. "Inter" esa, 2-turda mag‘lubiyatga uchradi.
Bundesliga hamda Liga 1'da "Bavariya" va PSJ doimgidek peshqadamlikni hech kimga berishmayapti.
Fikrlar