
Top-5 chempionatlarida eng ko‘p gol urgan triolar bilan tanishing!
Evropada 2022/23 mavsum yakunlanishiga kam vaqt qoldi. La Liga, A Seriyada chempion nomlari ma’lum bo‘lib ulgurgan. APLda esa keyingi turda "Manchester Siti" chempionlikni hal qilishi mumkin. Liga 1 da ham shu ahvol. PSJ yaqin kunlarda turnir g‘olibiga aylanishi kutilmoqda. Bundesligada esa kurash oxirgi turgacha davom etadigan o‘xshayapti. Mavsum oxirlab qolganidan keyin albatta kim ko‘proq gol urgani ham qiziq. Biz sizlarga mazkur mavsumda o‘z chempionatlarida eng ko‘p gol urgan triolarni taqdim etamiz.
5-o‘rin. "Napoli" (Osimxen - Kvaratsxeliya - Elmas)
"Napoli" uchun mavsum Chempionlar ligasini hisobga olmaganda ajoyib tarzda o‘tdi. O‘zi ChLda ham chorak finalga qadar etib kelish oson emas. Ammo ular bundan ham uzoqroqqa bora oladigandek ko‘ringandi. Klubning eng ko‘p gol urgan futbolchisi - Osimxen. Nigeriyalik hujumchi A Seriyada 23 marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Undan keyingi o‘rinda Kvaratsxeliya joy oldi. Vingerning hisobida 12 ta, Elmasnikida esa 6 ta gol mavjud. Umumiy bu uchlik 41 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu nepolliklarning turnirda kiritgan barcha gollarining 58 foizini tashkil qiladi.
4-o‘rin. "Tottenxem" (Keyn - Son - Bentankur)
"Shporlar" keyingi mavsumda Chempionlar ligasida harakatlanmaydigan bo‘ldi. Rahbariyat Konteni o‘z ishidan ozod qilib, uning o‘rnini to‘ldira olmadi va yakunda 4-o‘ringa chiqa olmasligi aniq bo‘lib ulgurdi. Shunga qaramay, jamoa ko‘p gol ura oldi. Jamoa to‘purari - Keyn. 29 yoshli ingliz APLda 27 marta raqiblarni ranjitdi. Son esa 10 marta bu ishni amalga oshirdi. 3-o‘rin sohibi Bentankur bo‘lib turibdi. U 5 ta gol urgan. Mazkur trioning gollari soni 42 tani tashkil qiladi. Bu orqali ular "Tottenxem"ning 64 foiz gollarini urgani aniq bo‘lmoqda.
3-o‘rin. "Arsenal" (Edegor - Martinelli - Saka)
"Arsenal" mavsum kashfiyotlaridan biri bo‘ldi. Klub Arteta qo‘l ostida APLda chempionlik uchun "Mannchester Siti" bilan kurash olib bordi. Ammo 36-turda "Brayton"ga yirik hisobda mag‘lub bo‘lib, o‘z imkoniyatlarini kamaytirib yubordi. Ammo klub muxlislarini xursand omillar ham bor. "Kanonirlar" 7 yildan so‘ng yana Chempionlar ligasiga qaytmoqda. Endi jamoa "killer"larini sanab o‘tsak. Londonliklar safida Edegor va Martinelli 15 martadan gol urgan bo‘lsa, Saka 13 marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Yosh uchlik "Arsenal"ning 51 foiz golini urib bergan.
2-O‘rin. "Manchester Siti" ( Xoland - Foden - Gyundogan)
"Manchester Siti" uchun mavsum doimgidek o‘tmoqda. Premer-ligada 1-o‘rin, Chempionlar ligasida yarim finalgacha etib kelgan. Shu bilan birgalikda kubok finaliga yo‘l olgan. "Shaharliklar"ning gol mashinasi hisoblangan Xoland APLda 36 ta golni o‘ziniki qildi. Undan keyin esa Foden (10) va Gyundoganlar (8) turibdi. Ushbu trio turnirda 54 marta darvozani ishg‘ol qilishga ulgurdi. Ular jamoasining 58 foiz golini urgan.
1-o‘rin. PSJ (Messi - Mbappe - Neymar)
PSJning kayfiyati juda zo‘r ham juda yomon ham emas. Bir tarafdan Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizlik,Messi bilan bo‘layotgan voqelar muxlislarni g‘azabini qo‘zg‘ayotgan bo‘lsa, boshqa tarafdan parijliklar yana Liga 1 bilan ovunishi mumkin. Qiziqarli tomoni, mana shunday yomon davrida ham jamoaning goleadorlari yuqori o‘rindan joy olgan. Demak, Mbappe 26 marta, Messi 15 va Neymar 13 bor darvozabonlarga ish qoldirmadi. Bu uch o‘g‘lonning gollari soni ham "Siti"dagilar bilan bir xil. Ammo ular PSJning 64 foiz gollarini urgani uchun 1-o‘rinda turibdi.
Fikrlar
могу посоветовать только один king-ball.ru все! Все остальное полная шляпа! Сам там беру прогнозы уже с 2015 года, ну нет в рутубе больше достойных сайтов НЕТУ ОТВЕЧАЮ!