
To‘purar sardor “Barsa”dan norozi bo‘lib ketdi
“Barselona” yoshlar jamoasi hujumchisi va sardori Ugo Alba faoliyatini Kataloniya klubida davom ettirmaydigan bo‘ldi.
19 yoshli iste’dod egasining amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni tugaydi. U klub taklif etgan yangi bitimni qabul qilmadi va jamoadan ketishga qaror qildi.
Ugo Alba professional faoliyatini Serbiyada davom ettiradi. Yosh forvard “OFK Belgrad” klubi bilan uch yillik shartnomani kelishib qo‘ygan.
Bu hujumchi Kataloniyaga olti yil avval, 2019 yili “Elche”dan kelib, “Barselona” tizimida tarbiyalangan edi. Alba o‘z qarorini quyidagicha izohladi.
- “Barselona”da meni mehnatimga yarasha qadrlashmayotganini sezdim. “Barsa” haqida hech qachon yomon gapirmayman. Lekin men asosiy jamoa mashg‘ulotlarida qatnashishni istardim. Chunki men o‘zimni bunga loyiqman, deb bilaman. Biroq menga bu imkoniyat berilmadi, - dedi Ugo Alba.
Fikrlar