Torres zo‘rmi, Suaresmi? Bu savolga Jerrard javob berdi

  • 15 aprel, 2022, 20:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Aston Villa" bosh murabbiyi va "Liverpul" afsonasi Stiven Jerrard sobiq jamoadoshlari - Luis Suares va Fernando Torresni o‘zaro solishtirdi.

"Ikkalasi ham fenomenal edi, lekin men Suaresni alohida ajratib ko‘rsatgan bo‘lardim. Chunki siz kim bilan o‘ynashingizdan qat’iy nazar, u o‘yinda siz uchun g‘alaba qozonishini his qilar edingiz. Kimga qarshi o‘ynashimiz esa muhim emas.

Suares mashg‘ulotlarda ham xuddi o‘yin paytidagidek harakat qilardi. Esimda, Karrager menga: “Men har kuni unga qarshi mashg‘ulotlarda o‘ynashni xohlamayman” degandi. U mashg‘ulotlarda juda zo‘r edi”, - dedi Jerrard The Overlap nashriga.

Luis Suares 2011-2014 yillarda "Liverpul" sharafini himoya qilgan va 110 ta uchrashuvda 69 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!