A Seriya klubining birdaniga 4 ta futbolchisi koronavirusdan butkul sog‘aydi

  • 15 may, 2020, 14:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sampdoriya" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali 4 nafar futbolchisi koronavirusdan butkul sog‘ayganini ma’lum qildi.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, ushbu futbolchilar COVID-19 ga qarshi 2 martadan test topshirishgan va ikkalasida ham virus aniqlanmagan. Endi ushbu futbolchilar tez orada mashg‘ulotlarga qo‘shiladi.

25 turdan so‘ng “Sampdoriya” A Seriya musobaqa jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi. Italiyada esa chempionat o‘yinlari iyun oyidan tiklanishi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!