
To‘rt yulduz “Barsa” uchun shartnomadan voz kechdi
Germaniyalik mutaxassis Xans-Diter Flik Ispaniya chempioniga aylantirgan “Barselona”da o‘ynash istagida bo‘lgan futbolchilar soni tobora oshib bormoqda.
Kataloniyaliklar ham ulardan bir nechtasining atrofidagi vaziyatni kuzatib boryapti. “Barselona”ning asosiy transfer nishoni “Liverpul”ni tark etib, Flik jamoasiga qo‘shilishni istayotgan Luis Dias hisoblanadi.
Bundan tashqari “Barsa” mutasaddilari yana uch nafar hujumkor futbolchini nishonda ushlab turibdi.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, “Atletik” yulduzi Niko Uilyams, “Manchester Yunayted”ga kerak bo‘lmay qolgan Markus Reshford va PSV bilan shartnomasi yakunlanayotgan Ivan Perishich faoliyatini Kataloniyada davom ettirishi mumkin.
Bu futbolchilarning bari “Barselona”ga o‘tish uchun boshqa klublar taklif qilayotgan daromadli shartnomalarni qabul qilmayapti. Ular Xans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa yaqin kelajakda Evropada etakchilik qilishiga ishonmoqda va taqdirini aynan “Barselona” bilan bog‘lamoqchi.
Fikrlar