Toshkentda 21 nafar mutaxassis uchun Pro litsenziyasiga o‘qish boshlandi. Ularning orasida Eron futboli afsonalaridan biri ham bor

  • 9 sentabr, 2024, 12:38
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘FA texnik direktori Gi Kiala boshchiligida Pro litsenziyasi uchun o‘quv kurslari sentyabr oyida start oldi. Unda jami 21 nafar mutaxassis tahsil olayotgan bo‘lib, shularning to‘rt nafari xorijlik hisoblanadi: Mirko Elichich (Avstraliya), Boyan Miladinovich (Serbiya), Jasvinder Sinkx (Tsingapur), Mehdiy Mahdavikiya (Eron). 

Tecno

O‘quv kursi umumiy 8 ta moduldan iborat bo‘lib, u 2025 yilning dekabr oyida yakuniga etadi. Belgiyalik Gi Kiala Pro litsenziyasi uchun o‘qish niyatida bo‘lgan talabgorlarni saralab olish tizimini yangiladi. Shuningdek, Liga bilan kelishuv asosida yakuniy bitiruv imtihoni hamda umumiy baholash tizimini qat’iylashtirdi. Endilikda Pro litsenziyasi uchun tahsil olayotgan mutaxassislardan barcha modullar hamda imtihonlarga jiddiy yondoshuv talab etiladi. Xorijlik mutaxassis nazorati ostida tashkil etilayotgan kursni yakunlash va tegishli diplomga ega chiqish oson bo‘lmaydi. Mazkur talab avvalroq O‘FA prezidenti tomonidan texnik direktor oldiga vazifa sifatida belgilab berilgandi.

Shuningdek, 21 nafar mutaxassisning Evropada tajriba almashishi uchun imkoniyat yaratiladi. Xususan, modullar orasidan Belgiya safari ham o‘rin olgan bo‘lib, uning davomida 21 nafar mutaxassis Belgiya futboli tizimi, murabbiylik malakasini o‘rganish hamda boshqa zaruriy axborot almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.  

Avvalroq Liga Pro litsenziyasiga ega mutaxassislar ro‘yxatini taqdim etgandi. 14 oydan so‘ng ular safiga bugungi ro‘yxatdan qaysi mutaxassislar qo‘shilishi ma’lum bo‘ladi.

O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!