
Toshkentda ITKF karate-do bo‘yicha jahon kubogi o‘tkaziladi
Toshkent shahri yana bir katta sport turniriga mezbonlik qiladi. 6-8 oktyabr kunlari poytaxtimizda ITKF karate-do bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston ITKF karate-do federatsiyasi raisi Shuhratjon Kushmuratovning ma’lum qilishicha, mazkur chempionatda 30 ga yaqin mamlakatlardan 800 dan ortiq sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, jahon chempionatiga bag‘ishlangan, o‘ziga xos seminarlar, xorijlik karate ustalari ishtirokida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etish ham ko‘zda tutilgan. Musobaqa “Yunusobod” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar