
Toshkentda "sabantuy" bayrami doirasida Tatar koresh bo‘yicha turnir o‘tkazildi
2025 yil 25 may kuni Toshkent shahridagi “Mirzo Ulug‘bek” istirohat bog‘ida tatar-boshqird xalqlarining do‘stlik, mehnat, san’at va sport bayrami — “Sabantuy” yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.
Bayram doirasida bog‘ markazida Xalqaro Koresh federatsiyasi (tatar koresh) tashabbusi bilan erkaklar o‘rtasida turnir tashkil etildi.
Bellashuvlar Xalqaro Koresh federatsiyasi (tatar koresh) qoidalari asosida o‘tkazildi. Musobaqani xalqaro toifali hakamlar boshqardi: bosh hakam — Ruslan Mamatov (Rossiya), Ismoil Bekmuhammedov (Rossiya) va Shavkat Mirzaqulov (O‘zbekiston).
Tomoshabinlar har bir bellashuvni katta qiziqish va zavq bilan kuzatib borishdi.
Bellashuvlarga jahon chempionati sovrindori, dzyudo bo‘yicha jahon vitse-chempioni, sumo bo‘yicha jahon chempioni, muhtaram Xabil Biktashevning tashrifi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
G‘oliblar quyidagicha aniqlandi:
–75 kg vazn toifasi:
1. Ortiqjon Yuldoshev
2. Kamron Namozboev
3. Javlon Erkinboev
3. Mansur Abdullaev
–90 kg vazn toifasi:
1. Husan Abdurahimov
2. Diyor Shodmonov
3. Diyor Xudoyberganov
3. Diyor Maxsutboev
+90 kg vazn toifasi:
1. Islom Nosirov
2. Ilyos Mirzahmetov
3. Umid Xolmatov
3. Zaylobiddin Ortiqov
Musobaqa yakunida bog‘dagi sahnada tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi. G‘olib va sovrindorlar Xalqaro Koresh federatsiyasi tomonidan medallar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
+90 kg vazn toifasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan va musobaqaning mutlaq g‘olibi bo‘lgan Islom Nosirovga an’anaga ko‘ra qo‘chqor sovg‘a qilindi.
Tantanali marosimda quyidagi faxriy mehmonlar ishtirok etishdi:
— Xalqaro Koresh federatsiyasi boshqaruv raisi, sport ustasi, iqtisod fanlari nomzodi Ravil Nogumanov (Rossiya);
— Tatar madaniyat markazi raisi, iqtisod fanlari doktori, professor Rishat Nabiullin;
— uch karra Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi, Osiyo o‘yinlari chempioni Ravil Nachaev;
— Xalqaro Koresh federatsiyasi prezidentining maslahatchisi, adliya generali Erkin Abzalov;
— Osiyo belbog‘li kurash konfederatsiyasi prezidenti Mo‘min Muratov;
— O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov;
— klassik kurash bo‘yicha jahon chempioni Kamil Fatxullin.
Fikrlar