Toshkentda stol tennisı bo‘yicha katta turnir o‘tkazilmoqda
Poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida stol tennisi bo‘yicha "WTT Youth contender" musobaqasi tashkil etilmoqda. 16 mayga qadar davom etadigan turnirda 11 davlatdan tashrif buyurgan 270 nafar sportchi qatnashyapti.
Dasturga ko‘ra, ayni paytda yakkalik va aralash juftlik dasturlarida saralash bahslari o‘tkazilmoqda. Eslatib o‘tamiz, bellashuvlar U-11, U-13, U-15, U-17 va U-19 yosh toifalarida olib borilmoqda.
Bu haqida MOQ xabar berdi.

Fikrlar