Toshkentda "UzChess Cup" III xalqaro shaxmat turniri start oladi!
Joriy yilning 6–16-iyun kunlari dunyoning turli mamlakatlaridan kuchli grossmeystarlar, tajribali shaxmatchilar hamda yosh iste'dod egalari Toshkentda jam bo‘ladi.
Turnir “Masters”, “Challengers”, “Futures” va “Open” guruhlarida o‘tkaziladi. Umumiy mukofot jamg‘armasi 121 500 AQSh dollarini tashkil etadi.
Vaqt nazorati (Klassik | 9 tur):
Masters
90 daqiqa — dastlabki 40 yurish uchun
40-yurishdan keyin +30 daqiqa
Har bir yurish uchun +30 soniya (1-yurishdan boshlab)
Challengers / Futures / Open
• 90 daqiqa
• Har bir yurish uchun +30 soniya (1-yurishdan boshlab)
“Masters”, “Challengers” va “Futures” guruhlari aylama tizimda, “Open” guruhi esa shveysarcha tizimda o‘tkaziladi.

Fikrlar