Toshkentda velotrek bo‘yicha nufuzli musobaqa o‘tkazilmoqda
Toshkent shahar Olmazor tumanidagi velotrek majmuasida O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi tomonidan 2019 yil kalendar rejasiga muvofiq velotrek bo‘yicha erkaklar, ayollar va 2003-2004 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida A.Yudin xotirasiga bag‘ishlangan Respublika ochiq turniriga start berildi.
Musobaqa mamlakatimizda iqtidorli sportchilarni selektsiya qilish, g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarni O‘zbekiston terma jamoalar zahirasi va asosiy tarkibiga qo‘shishi, shuningdek ularni terma jamoa safida joriy yilning 17-21 oktyabr kunlari Janubiy Koreyada kattalar va o‘smirlar ishtirokida bo‘lib o‘tadigan trek bo‘yicha Osiyo chempionatiga tayyorlash maqsadida o‘tkazilmoqda.



Fikrlar