Toshkentga qaytsa, Abduqodirning uyiga boraman! Qozogʻistonlik futbolchi Abduqodir Husanov haqida qiziq gaplarni aytdi
Jezqazganning «Ulitau» klubi hujumchisi Bakdaulet Zulfiqorov Belarusdagi faoliyatini eslab, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov bilan yaqin doʻstligi haqida soʻzlab berdi, deb xabar beradi Sports.kz sayti yana bir manba - ASnews.kz nashriga tayanib.
Qozogʻistonlik futbolchining aytishicha, ularning yoʻllari 2021 yilda Minskning «Energetik-BGU» jamoasida tutashgan. Oʻsha paytda oʻzbekistonlik yosh legioner xorij futbolidagi ilk qadamlarini qoʻyayotgan edi.
- Abduqodir jamoada edi, lekin u hali 18 yoshga toʻlmagani uchun FIFA qoidalariga koʻra klub uni rasmiy roʻyxatdan oʻtkaza olmasdi. Oʻsha vaqtda biz bir uyda yashardik, birga mashgʻulotlarga borardik, kundalik turmushni ham boʻlishardik.
U mening juda yaqin doʻstim. Hayotda ham, ijtimoiy tarmoqlarda ham bir-birimizni qoʻllab-quvvatlaymiz, ahvol soʻrab turamiz. Uning ota-onasini ham yaxshi bilaman.
Ha, hozir unda boʻsh vaqt deyarli yoʻq. Xudo xohlasa, vaqtini topib, Toshkentga uyiga qaytganda, doʻstlar bilan yigʻilib, birga vaqt oʻtkazamiz», — deydi Bakdaulet Zulfiqorov.
Husanovning maydondan tashqarida qanday inson ekani haqidagi savolga javob bergan forvard, oʻzbekistonlik himoyachining kamtarligini alohida taʼkidladi.
- Abduqodir juda mehribon, ochiq koʻngil inson. Umuman olganda, unda hech qanday “mashhurlik kasali” yoʻq. Oddiy muhitdan chiqqan, oddiy yigit. U haqida yana koʻp yaxshi gaplar aytish mumkin, — dedi qozogʻistonlik futbolchi.
25 yoshli Zulfiqorov joriy mavsum oʻrtalarida «Ulitau» tarkibiga qoʻshildi. Jezqazgan klubi safida oʻtkazgan 12 uchrashuvida hujumchi 5 ta gol urishga va bir bor golli uzatma berishga muvaffaq boʻldi.
Abduqodir Husanovning faoliyati esa «Energetik-BGU»dan soʻng keskin yuqoriga koʻtarildi. 2023 yil yozida u Fransiyaning «Lans» klubiga oʻtdi, 2025 yil yanvar oyida esa 40 million yevro evaziga Angliyaning «Manchester Siti» jamoasiga katta transfer amalga oshirdi.
Joriy mavsumda himoyachi «shaharliklar» safida barcha musobaqalar doirasida olti oʻyinda maydonga tushdi. APL grandi tarkibida husanov 2026 yilda Angliya kubogi va Angliya ligasi kubogi sohibi boʻlishga ulgirdi.

Fikrlar