"Tottenxem" 21 yoshli gollandiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda
Londonning "Tottenxem" klubi mavsumlar oralig‘ida tarkibni kuchaytirish masalasida ishlarni boshlab yubordi.
Sky Sports News tarqatgan xabarga ko‘ra "shporlar" PSV vingeri Steven Bergveynga jiddiy qiziqish bildira boshlashdi. Londonliklar rahbariyatiga 21 yoshli gollandiyalik futbolchining Chempionlar ligasida ko‘rsatgan o‘yinlari ma’qul kelib qolgan.
Ma’lumotlarga qaraganda eyndxovenliklar Bergveynni 40 mln evroga baholashmoqda. Unga shuningdek "Manchester Yunayted" va "Ayaks"dan ham qiziqishlar bor.

Fikrlar