"Tottenxem" APL autsayderidan 46 million yevroga futbolchi sotib olmoqchi
"Vulverxempton" hujumchisi Yörgen Larsen faoliyatini Londonning "Tottenxem" klubi safida davom ettirishi mumkin. Bu haqida "ChronicleLive" nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, "shporlar" Muhammad Quddusning jarohati tufayli hujum chizig‘ini kuchaytirishga harakat qilmoqda. Nomzodlar orasida “Vulverxempton” hujumchisi Yörgen ham bor. Londonliklarga bu transfer 46 million yevroga tushishi mumkin. Bundan tashqari, norvegiyalik forvardga "Nyukasl", "Kristal Pэlas" va "Nottingem Forest" jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.
25 yoshli futbolchining hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 40 million yevroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Larsen joriy mavsum "bo‘rilar" safida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol kiritishga erishdi.

Fikrlar